Bahorgi o'zgarishlar: salomatlik uchun bahorda nima qilish kerak

Bahor faslida organizmingiz uchun nima qilish kerak?

03.03.2024
Bahor — tana va ongni tartibga solish uchun eng yaxshi vaqt.

Bahor faslida quvvat beradigan, salomatlikni mustahkamlaydigan, tanangizning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilaydigan, uyqusizlik hamda yomon kayfiyatdan xalos qiladigan harakatlar rejasini tuzish muhim. Buni qilish juda zarur, chunki fasllar almashuvi davrida organizm zaif bo'ladi, apatiya va ob-havoga bog'liqlikka moyil bo'ladi, shu bois vitaminlar bilan quvvatlanishga va jismoniy faollikka muhtoj.

Mutaxassislar bilan birgalikda qishdan keyin organizmni qanday mustahkamlash va uni yozga tayyorlash haqida so'zlab beramiz.

Zararli ovqatdan voz keching

Bahorda fastfud, kaloriyali ichimliklar, yog'li sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, souslar, yong'oq va quritilgan mevalar iste'molini kamaytirish kerak. Bu mahsulotlar kaloriyaligi sababli og'irlik qo'shadi. Ovqatlanish mutaxassislari tavsiya etgan mavsumiy sabzavot va mevalardan ratsion tuzgan ma'qul. 

Bahorda biz D, A (retinol), PP, B1, B2 vitaminlari tanqisligiga duch kelamiz. Shuningdek, alohida e'tibor berish kerak bo'lgan vitaminlar ro'yxatini folat kislotasi bilan to'ldirish tavsiya etiladi. Sifatli vitamin komplekslari va biologik qo'shimchalar qabul qilish faqat to'g'ri ovqatlanish bilan birgalikda ajoyib natija berishi mumkin.

Ochiq havoda ko'proq vaqt o'tkazing

Ochiq havoda o'tkazilgan vaqt sizga jismoniy va aqliy tetiklik bag'ishlaydi. Ko'tarinki kayfiyatni his qilish, charchoqdan xalos bo'lish, yangi ijodiy yutuqlarga ilhomlanish uchun tabiatda bir necha daqiqa sayr qilish kifoya.

Agar ishda juda band bo'lsangiz, uchrashuvni sayr paytida o'tkazing yoki telefonda gaplashing, tushlik tanaffusida ayvonda o'tiring. Bahor – yugurish uchun eng mos fasl. Havoning maqbul harorati kunduzgi yorug'likning uzunligi bilan uyg'unlashadi. Qolgan jismoniy mashg'ulotlarni ham bog'ga yoki ko'cha maydonchalariga ko'chirish mumkin.

Uyqu tartibini yo'lga qo'ying

Bahorda uyqu tartibiga rioya qilish nihoyatda muhim. Bir vaqtda uyquga yoting, elektron qurilmalarni karavotdan uzoqroqqa qo'ying, uxlashdan 30-60 daqiqa oldin dam oling. Bu ongni tinchlantirishga, o'zingizni tinglashga va kunni ijobiy yakunlashga yordam beradi.

Vitaminlar kursini o'ting

Ba'zan bahorda depressiya va apatiya paydo bo'lishi mumkin. Ob-havoga bog'liq odamlarda tez-tez bosh og'rig'i, kayfiyat o'zgarishi, mushak va bo'g'imlardagi og'riq, shuningdek qon bosimi sakrashi kuzatiladi. Organizm ishini me'yorga solishda vitaminlar yordam beradi.

Bahorda kunlar yorishadi, quyosh tez-tez chiqadi, shuning uchun depressiv belgilar to'liq bosiladi va o'zgarishlar istagi paydo bo'ladi. Bundan foydalanish kerak. Raqsga yoziling, velosipedda yura boshlang, kichik sayohatga chiqing, rasm chizishni yoki foydali taomlar tayyorlashni sinab ko'ring. Bu dunyoqarashingizni kengaytiradi va motivatsiya qo'shadi.

 

 

 

Популярные новости

NEGA BIZGA COENZYME Q-10 KERAK?
Bahorgi o'zgarishlar: salomatlik uchun bahorda nima qilish kerak

Bahor faslida organizmingiz uchun nima qilish kerak?

Inson organizmidagi IKKINCHI MIYA: hissiyotlarimizni kim "boshqaradi"
Bahorgi o'zgarishlar: salomatlik uchun bahorda nima qilish kerak

Bahor faslida organizmingiz uchun nima qilish kerak?

Immunitetni qanday oshirish: Foydali maslahatlar!
Bahorgi o'zgarishlar: salomatlik uchun bahorda nima qilish kerak

Bahor faslida organizmingiz uchun nima qilish kerak?

Ramazonda qanday to'g'ri ovqatlanish kerak?
Bahorgi o'zgarishlar: salomatlik uchun bahorda nima qilish kerak

Bahor faslida organizmingiz uchun nima qilish kerak?

Mikroblar qayerdan paydo bo'ladi
Bahorgi o'zgarishlar: salomatlik uchun bahorda nima qilish kerak

Bahor faslida organizmingiz uchun nima qilish kerak?

Bahorgi o'zgarishlar: salomatlik uchun bahorda nima qilish kerak
Bahorgi o'zgarishlar: salomatlik uchun bahorda nima qilish kerak

Bahor faslida organizmingiz uchun nima qilish kerak?

BO'G'IMLAR VA BIZNING MUNOSABATIMIZ
Bahorgi o'zgarishlar: salomatlik uchun bahorda nima qilish kerak

Bahor faslida organizmingiz uchun nima qilish kerak?

logo