Immunitetni qanday oshirish: Foydali maslahatlar!

IMMUNITET UCHUN LAYFXAKLAR

03.03.2024

Immunitetni bejizga «ichki shifokor»  deb atashmaydi - u kasalliklarga qarshi turishga yordam beradi. Uning ta'sir mexanizmi murakkab, ammo mohiyati oddiy: organizmga zararli bakteriya yoki viruslar kirganda, immun tizimi ularni tanib olishi va zararsizlantirishi kerak.

Bola tug'ilganidanoq ko'plab patogenlarga (kasallik keltirib chiqaruvchi zararli mikroorganizmlarga) tug'ma immunitet yordamida qarshi tura oladi. Ulg'aygan sari orttirilgan immunitet rivojlanadi. Uning boshqa nomi — moslashuvchan immunitet: u inson butun umri davomida duch keladigan patogenlarga javob beradi va natijada immunologik xotira shakllanadi.

Yoshdan qat'i nazar, immun tizimi o'z-o'zicha mavjud emas. Organizmimizda u murakkab va o'zaro bog'liq tuzilma bo'lib, bizni turli darajalarda himoya qiladigan maxsus hujayralar, to'qimalar va a'zolar tarmog'idan iborat. Shuning uchun immunitet kuchi organizmning umumiy holatiga va immun tizimining to'g'ri ishlashiga bog'liq.

IMMUNITET SUSAYISHI SABABLARI

Immun tizimiga ko'proq nima ta'sir qilishi - genlarmi yoki tashqi omillarmi - hozircha aniq emas. So'nggi tadqiqotlardan birida immun tizimi va hatto orttirilgan immunitet ishining 75 foizini genetika belgilashi aytiladi. Shunga qaramay, immun tizimining ayrim bo'g'inlari faoliyati tashqi omillarga ham sezilarli darajada bog'liq.

Immun tizimi ishi buzilganidan darak beruvchi belgilar:

 

  • tez-tez shamollash va boshqa kasalliklar;
  • doimiy stress, charchoq;
  • oshqozon-ichak trakti bilan bog'liq muammolar.
Immune System Support Proton

Inson organizmi uchun eng muhim mikroelementlardan biri - rux. Qonda rux yetishmasa, kortizol gormoni darajasi oshishi mumkin, bu esa o'z navbatida immunitet pasayishiga olib keladi. Rux - inson organizmida temirdan keyingi eng ko'p tarqalgan ikkinchi metall. Odatda kattalar organizmida taxminan 2-3 gramm rux bo'ladi. Moddaning eng yuqori konsentratsiyasi mushaklarda - 60 foizgacha va suyaklarda - 30 foizgacha. Rux moddalar almashinuvida ishtirok etadi, immunitetni oshiradi va kuchli antioksidant xususiyatga ega. Rux organizm ovqatni hazm qilish va foydali oziq moddalarni o'zlashtirish uchun ishlatadigan ikki yuzdan ortiq fermentni faollashtiradi.

Immune system support Proton
  • - Rux surunkali va yallig'lanish kasalliklariga qarshi kurashda, immun hujayralari rivojlanishida yordam beradi;
  • - Yurak-qon tomir tizimi ishini yaxshilaydi;
  • - Miya faoliyatini rag'batlantiradi, xotirani yaxshilaydi;
  • - Rux A vitamini so'rilishini tezlashtiradi, blefarit va kataraktaning oldini oladi;
  • - Soch va tirnoqlar o'sishini rag'batlantiradi hamda mustahkamlaydi;
  • - Immunitetni mustahkamlab, virus va bakteriyalarga qarshi kurashda yordam beradi;

Sog'lig'ingiz oltinga teng, biz esa har kuni unga g'amxo'rlik qilishga yordam berishga tayyormiz. 💖👩‍⚕️

Популярные новости

Ramazonda qanday to'g'ri ovqatlanish kerak?
Immunitetni qanday oshirish: Foydali maslahatlar!

IMMUNITET UCHUN LAYFXAKLAR

Inson organizmidagi IKKINCHI MIYA: hissiyotlarimizni kim "boshqaradi"
Immunitetni qanday oshirish: Foydali maslahatlar!

IMMUNITET UCHUN LAYFXAKLAR

Bahorgi o'zgarishlar: salomatlik uchun bahorda nima qilish kerak
Immunitetni qanday oshirish: Foydali maslahatlar!

IMMUNITET UCHUN LAYFXAKLAR

Immunitetni qanday oshirish: Foydali maslahatlar!
Immunitetni qanday oshirish: Foydali maslahatlar!

IMMUNITET UCHUN LAYFXAKLAR

BO'G'IMLAR VA BIZNING MUNOSABATIMIZ
Immunitetni qanday oshirish: Foydali maslahatlar!

IMMUNITET UCHUN LAYFXAKLAR

Mikroblar qayerdan paydo bo'ladi
Immunitetni qanday oshirish: Foydali maslahatlar!

IMMUNITET UCHUN LAYFXAKLAR

NEGA BIZGA COENZYME Q-10 KERAK?
Immunitetni qanday oshirish: Foydali maslahatlar!

IMMUNITET UCHUN LAYFXAKLAR

logo